12/09/2026
Qirqga to‘lgan og‘alar
Bugun yana tong otar,
Mijja qoqmay ong qotar,
Qaddim bukib, bo‘y siqib,
Kishan solar, qarz botar.
Ajdod meros, “boy” mantiq,
Qilma oshiq, xarj tantiq,
Tog‘day bo‘lsa, g‘or bo‘lar,
Kissa solsang, sarf chandiq.
Zebu zarni ko‘p istab,
Kimdan duo, farz izlab,
Bargaymikan to‘q mehrob,
Kaftim ochsam, pul qistab.
“Saxiy” berar, nasiya,
Sanab qilgin, moliya,
Farog‘at yo‘q, taskin yo‘q,
Qirqga to‘lgan qariya.
Endi menga vaqt bersa,
Yonimga do‘st, mard bersa,
Yo‘lim bersa, rizq bersa,
Ikki olti, nard bersa.
Bir besh kelar, ikki bir,
Toshlar tushar boshga, zir,
G‘ir-g‘ir shamol, chang-to‘zon,
Sabab qildim, cho‘qqi qir.
Tajriba bor, ilmim bor,
Oilam bor, qilma hor,
Ketmon sopga mix urib,
Ismim endi Olloyor.
Endi mazza, endi zo‘r,
Go‘shtga to‘ldi, to‘la qo‘r,
Manga, sanga, hammaga,
Joyim endi bo‘ldi to‘r.
Atrof jo‘ra, to‘raman,
So‘zim o‘tar, zo‘riman,
Uchar ketmon, chavandoz,
Dilbar hurlar, sho‘riman.
Hayot emas, xayolmas
Javob emas, savolmas
Olloyormas, Anvariy
Qirqga to‘lish — malolmas, (halolmas)