27/05/2026
✨ Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrdonlar!
🌙 Besh Bola Buildings jamoasi nomidan barchangizni ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
🤲 Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz fayzli, topganimiz barakali bo‘lsin. Qurbon hayitida niyat qilgan har bir ezgu orzularingiz, duo-ibodatlaringiz ijobat bo‘lishini tilaymiz.
🤩 Eng katta niyatimiz — har bir oilaga o‘zi orzu qilgan, ichida shodu xurramlik, fayz-u baraka to‘lib-toshadigan shinam va mustahkam xonadonlar nasib qilsin.
😎 Elimizga xizmat qilishdan, sizlar uchun eng baxtli manzillarni qurishdan charchamaylik.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar! Yuzingizdan tabassum, uyingizdan qut-baraka arimasin!